Интернет Тезлигини 1 Тбит.га етказилади!!!

Download PDF

Жорий йилнинг 2 июль куни Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазири Азим Ахмедхўжаев раислигида вазирлик Ҳайъат кенгашининг йиғилиши бўлиб ўтди. Унда 2018 йилнинг 1- ярим йиллигида ахборот-коммуникацияси технологияларининг ривожланиш ҳолати, шунингдек соҳага хорижий сармояларнинг жалб этилиши ва инвестицион лойиҳаларнинг амалга оширилиши сарҳисоб қилинди.

Фото: mitc.uz

«Ҳайъат йиғилишида жорий йил бошидан бугунги кунга қадар юртимиз бўйлаб 690 км оптик толали алоқа тармоқлари ётқизилгани, мобил операторларнинг 1004 та база станциялари ўрнатилгани, уларнинг 483 таси 3G ҳамда 4G LTE технологиясида хизмат кўрсатиши қайд этилди. Айни кунда юртимиз бўйлаб 24,5 минг км оптик толали алоқа тармоқлари ўтказилган, жами 20,994 та база станция ўрнатилган»​, – дейилади Ахборот хизмати тарқатган хабарда.

Маълум қилинишича, вазирлик ташаббуси билан соҳага сармоя ва сармоядорларни жалб қилишга мўлжалланган махсус портал фаолияти ташкил қилинмоқда. Унда мамлакатнинг АКТ салоҳияти, мавжуд имконият ва қулайликлар, ҳукумат томонидан берилган имтиёзлар, истиқболдаги режалар, хорижлик инвесторларни қизиқтириши мумкин бўлган инвестицион муҳит тўғрисида маълумот келтирилади.

Ҳайъат кун тартибига кўра, соҳанинг жорий йил I чорагидаги ривожланиш ҳолати сарҳисоб қилинди. Унга кўра соҳада хизмат кўрсатиш кўлами ўтган йилнинг шу даврига нисбатан 118,9% га ошган. Халқаро интернет каналларига уланиш тезлиги секундига 140,034 Гбит.га этган, яъни, 2018 йилнинг бошига нисбатан 1,5 баробар ошган (йил бошида 94,034 Гбит/с). Шунинг билан бирга, интернет провайдерлар учун халқаро интернет каналларига уланиш нархи ўзгаришсиз қолган – 244985 сўмни ташкил қилмоқда.

Фото: mitc.uz

Ҳайъат йиғилишида асосий эътибор жорий йилда амалга ошириш режалаштирилган вазифаларга қаратилди. Хусусан:

– халқаро тажриба ва ривожланиш тенденцияларини ҳисобга олган ҳолда 2018-2021 йилларда «электрон ҳукумат»ни ривожлантириш бўйича стратегияни ишлаб чиқиш;

– МУИC аъзолари томонидан кўрсатилаётган хизматлар улушини 2 ҳисса, экспорт қилинаётган маҳсулотлар ҳажмини 1,8 баробар ошириш;

– Марказ аъзоларига янги бозорларга чиқиш имконини яратиш учун халқаро ҳамкорликни ривожлантириш;

– халқаро интернет каналларининг ўтказувчанлигини 8-10 баробар ошириб, секундига 1 Тбит.га етказиш;

– халқаро етакчи телехаусларга уланиш нуқталарини ташкил қилиш ва турли йўналишлар бўйича янги маршрутларни босқичма-босқич ташкил қилиш;

– магистрал телекоммуникация тармоқларини кенгайтириш мақсадида мамлакат бўйлаб 2 минг км.лик оптик толали алоқа тармоқларини тортиш;

– почта алоқасини ривожлантириш ва янги хизматларни жорий қилиш юзасидан ҳукуматнинг тегишли қарорини ишлаб чиқиш;

Ҳайъат кенгашининг йиғилиши натижаларига кўра, соҳани истиқболда ривожлантириш чора-тадбирлари ўрин олган қарор қабул қилинди.

Нет комментариев

Ариларнинг ривожланиши ва кўпайиши.

Download PDF
Она ари жинсий аъзосининг тузилиши.

Читать далее…

Нет комментариев

Dasturchi maoshi, qanday qilib millionerga aylanadi?

Download PDF

Yaqinda Facebookda «Millionerman desam xorijliklar ishonmayapti», deb qisqa post yozgandim. Albatta, bu million so’mga ega bo’lgan kishining xorijliklar tasavvuridagi million dollarga ega bo’lishi bilan bog’liq hazil edi. Ammo bu hazil ortidan «Dasturchi qanday qilib million dollarga ega millionerga aylanishi mumkin ekan?», degan qiziq savol paydo bo’ldi. Bu haqida bir oz o’yladim va quyidagicha xulosaga keldim.

Dasturchi bittagina dastur (loyiha) bilan millioner bo’la oladi!

Biz har kuni ishlatadigan dasturlar bor. Ular juda oddiy g’oyaga tayanib yaratilgan. Ba’zan bir qarashda ularning bajaradigan ishi ham juda oddiy bo’lib ko’rinadi. Bu dasturlardan har kuni millionlab oddiy odamlar foydalanadi. Shunday ahamiyatsizdek tuyulgan sodda qulaylik olib keluvchi dasturlarning har biri ortida uning muallifi, qaysidir dasturchi turishi haqida o’ylasak, har qanday dasturchi bittagina dasturi, muvaffaqiyatli loyihasi bilan millionlar e’tiboriga tushishi mumkinligini payqashimiz qiyin bo’lmaydi.

Tahlil nuqtai nazaridan o’zim biladigan dasturlar faoliyatiga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Bu dasturlardan birinchisi – WordPress muhitida ishlaydigan Advanced Custom Fields plagini. Uni WordPress rasmiy statistikasiga ko’ra bir milliondan ortiq faol saytlar ishlatishadi. Bu plagin millionlab saytlardagi Siz ilg’amaydigan qulayliklarni yaratib, ko’plab foydalanuvchilar uchun sayt funksiyalarini boyitib berishiga qaramasdan ko’proq dasturchilarning og’irini yengil qilishga yo’naltirilganligi sababli hozircha uni boshqa tillarga tarjima qilishga shoshilishmayapti. Balki plaginning o’zbek tilidagi tarjimasiboshqa tarjimaga ega bo’lmagan tillarga nisbatan ertaroq taqdim etilar.

ACF plagini men uchun WordPress plaginlari ichida o’z mukammalligining cho’qqisiga chiqa olgan dasturlardan biri hisoblanadi. Plaginning bepul ko’rinishi WordPress asosida ishlaydigan saytlarni shakllantirishda katta imkoniyatlar yaratib beradi. Ammo uning pulli ko’rinishida bundan ham ko’proq imkoniyatlar eshigi ochiladi. Plagin narxnomasiga ko’ra ACF Pro plaginini bitta saytda ishlatish uchun 25 Avstraliya dollari, cheklanmagan saytlarda ishlatish uchun 100 Avstraliya dollari to’lash talab etilar ekan. Plagin faqat bir kishi tomonidan (jamoaviy tarzda emas) yaratilganligini hisobga oladigan bo’lsak, bir kishining mehnati sifatida dasturning ommalashish darajasini ham, daromad keltirish istiqbollarini ham ijobiy baholash mumkin.

Endi ACF plagini misolida asosiy savolimizga qaytamiz: qanday qilib ACF plagini muallifi bitta shu plagini yordamida millionerga aylanishi mumkin? Plaginning ashaddiy muxlisi sifatida aytishim kerakki, muallifning bu darajaga ko’tarilish uchun barcha imkoniyatlari bor. U plaginining hozirgi holatida ham yetarlicha daromad olayotganligi aniq (plaginning Pro ko’rinishi necha marta sotilganligi haqida ma’lumotga ega emasman). Albatta, buni plagin sifati va millionlar tomonidan ijobiy baholangan holda ishlatilishidan kelib chiqib aytayapman.

ACF hozirgi shiddat bilan rivojlansa, yangi versiyalarida bundan ham ko’proq imkoniyatlar taqdim etilib, pulli ko’rinishi narxini to’laligicha qoplaydigan sifatini oshirib boraversa bu plagin o’z muallifini millionerga aylantirishini oldindan aytish qiyin emas. Bu esa qanday qilib bir oddiy dasturchi bittagina dasturi bilan millionerga aylanishi mumkinligini tasdiqlaydi.

Dasturchi orzusi

Bu imkoniyat mening har doimgi orzularimdan biri bo’lgan: hech kim uchun ishlamasang, boshliq yoki nazoratchi bo’lmasa, o’zing istagan vaqtda o’zing xohlagan joydan ishlasang va mehr berib tayyorlaydigan, har kuni rivojlantiradigan dasturing davomli tarzda millionlab daromad keltirib tursa! Kimlar uchundir bu orzu emas shunchaki sarob bo’lishi ham mumkin. Ammo men uchun rejaga ancha yaqinlashib qolgan orzu!

Dasturlar ichida yana bitta misolni Clash of Clans o’yini timsolida ko’rsatishimiz mumkin. Bu o’ying SuperCell kompaniyasi tomonidan tayyorlangan. O’yin ustida bitta dasturchi emas, katta bir jamoa mehnat qilgan. SuperCell jamoasining bugungi kundagi daromadi, faoliyati va boshqa dasturlari haqida Wikipedia orqali o’qishingiz mumkin.

Termiz davlat universiteti qoshidagi akademik litsey talabasi bo’lganimizda kursdoshlarim bilan birga kelajakda jamoa bo’lib ishlashni orzu qilar edik. Orzuimizdagi ish o’zimiz yoqtirgan bitta yo’nalishda bir-birimizdan ajralmagan holda kompaniya shakllantirib ishlash edi. SuperCell jamoasiga havas qilaman, chunki ular biz erisha olmagan orzuga yetishishgan. Bitta jamoaning har bir a’zosini yetarlicha mablag’ bilan ta’minlab, ularning sevgan ishi bilan shug’ullanishlariga ilhom beradigan dastur ham o’z muallifini millionerga aylantirivchi dastur sarasiga kirishi mumkin. Chunki bitta dasturchimi yoki dasturchilar jamoasimi – ahamiyatsiz. Muhimi bitta dasturning o’z mualliflariga katta daromad keltira olishidir.

Biz har kun foydalanadigan Facebook saytini ham muallifiga katta daromad keltirib, butun kelajagini ajoyib ish bilan ta’minlab bergan dastur sifatida belgilashimiz mumkin. Alisher Usmonov sarmoya kiritgan Odnoklassniki, Mail.Ru guruhi va boshqa onlayn bizneslarni ham yakka kishi yoki jamoaviy tarzda muallifiga daromad keltirayotgan, ularni millionerlarga aylantirishda davom etayotgan dasturlar sifatida qabul qilish mumkin.

Siz ham uddalay olasiz!

Agar dasturlashni bilmasangiz, uni bugundan o’rganishga kirishing. Darvoqe, boshlanayotgan yangi yil o’z oldingizga dasturlashni o’rganish maqsadini qo’yib olg’a intilishni boshlash uchun yaxshi sabab bo’lishi ham mumkin 😉 Agar dasturchi bo’lsangiz, bor mahoratingizni ishga solib o’z sevgan yo’nalishingizda boshqalar og’irini yengil qiladigan, boshqalar uchun foydali va kerakli bo’ladigan dastur yaratishga kirishing. Bilim yoki tajribangiz yetmagan holatda uni har doim oshirishingiz va hammasi o’z qo’lingizda ekanligini unutmang!

Siz kim uchundir oylik maosh evaziga emas, balki faqat o’zingiz uchun, kejalakda Sizni iqtisodiy mustaqillikka olib chiqib, katta kompaniyaga asos solish darajasiga yeta oladigan mukammal dastur uchun ishlashingizni xohlayman. Rejani katta qiling, maqsadingiz o’zingiz qo’rqib ketadigan darajada ulkan bo’lishi kerak. Tasavvuringizga kuni kelib Sizni millioner qila oladigan dastur kelgan zahoti reja tuzib oling va har kuni bosqichma-bosqich o’z ustingizda shu reja asosida ishlang. Bir necha yil o’tishi mumkin, yaqin kelajakda, kunlardan bir kun Siz avtopilot tarzida ishlaydigan biznesga ega bo’lasiz. Siz yaratgan, qachonlardir boshqalar ishonmagan bo’lsa ham Siz ishonib mukammallashtirgan dastur Siz va oilangiz uchun yetarlicha daromad keltira oladi. Shunda Siz ishga bormaysiz. Hech kimga xisobot topshirmaysiz. O’zingiz sevgan ish bilan shug’ullanganligingiz uchun hech kimdan dakki eshitmaysiz. Kun tartibingizni o’zingiz rejalashtirib, o’zingizga qulay bo’lgan vaqt va joyda ishlaysiz!

Bitta dastur, kuchli g’oyaga ega bo’lgan bittagina loyiha Sizning butun kelajagingizni Siz kutmagan darajada yuqoriga olib chiqishi mumkin. Men bunga ishonaman. Siz ham ishoning!

Нет комментариев

Привет, мир!

Download PDF

Welcome to Сайты-сателлиты 2.0 . This is your first post. Edit or delete it, then start blogging!

Нет комментариев